Gemini bilan oʻqish va ishni tezlashtirishning 7 usuli
· 6 daqiqa
Gemini’dan foyda olish uchun yaxshi soʻrov yozish kerak. Quyida kundalik ishda ishlaydigan 7 ta usul va tayyor namunalar.
1. Uzun matnni qisqartiring
Maqola yoki hujjatni yuborib yozing: «Quyidagi matndan 5 ta asosiy fikrni ajrat, har biriga bir gap izoh ber va oxirida 2 gaplik xulosa yoz.»
2. Murakkab mavzuni oddiy tilda tushuntirtiring
«Menga [mavzu]ni 9-sinf oʻquvchisiga tushuntirgandek tushuntir. Keyin 3 ta tekshiruv savoli ber.»
3. Oʻqiganingizni sinab koʻring
«Shu konspekt asosida menga 10 ta test savoli tuz. Javoblarni oxirida alohida ber.»
4. Kodni tushuntirtiring va xatoni toping
«Quyidagi kod nima qiladi? Qatorma-qator izohla. Xato boʻlsa, joyini koʻrsat va tuzatilgan variantni ber.»
5. Mijozga javobni tayyorlang
«Mijoz [shikoyat]ni yozdi. Hurmatli, qisqa va aniq javob yoz; 2 ta variant ber: rasmiy va doʻstona.»
6. Tarjima qilganda ohangni belgilang
«Shu matnni ruschaga tarjima qil. Ohangi: ishbilarmon, qisqa. Atamalarni oʻzgartirma.»
7. Deep Research bilan izlanish
Katta mavzuda «tezkor javob» oʻrniga Deep Research rejimidan foydalaning: u bir nechta manbani tahlil qilib, tuzilgan hisobot beradi. Soʻrovda aniq savol, davr va kerakli format (masalan, jadval) yozing.
Umumiy qoidalar
- Kontekst bering: kimligingiz, maqsadingiz, auditoriya.
- Format soʻrang: ro‘yxat, jadval, 5 gap.
- Natijani tekshiring: raqam va faktlarni manbadan solishtiring.
- Birinchi javob yoqmasa, aniqlashtiring — modelga nima oʻzgarishini ayting.
Gemini Pro’ning toʻliq imkoniyatlari haqida: Gemini Pro — 18 oylik obuna.